22. Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning rivojlanish tendensiyalaridan kelib chiqib, Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash tizimi takomillashtirilib borilishi mumkin.
23. Mazkur Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan idora va tashkilotlar tomonidan Tizimga ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritish, shuningdek, ularni o‘z vaqtida kiritmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, tegishli rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi.