4. Indikatorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlar (shaharlar) bo‘yicha alohida hisoblab chiqiladi.
5. Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlashda quyidagi 7 ta indikatorlar baholanadi:
qonun hujjatlariga rioya qilinishi;
fuqarolar huquq va erkinliklarining ta’minlanishi;
odil sudlov va sud qarorlarining ijro etilishi ;
huquq-tartibot o‘rnatilganligi va xavfsizlikning ta’minlanganligi;
mahalliy ijro organlari faoliyatining samarali nazorat qilinishi;
korrupsiyaga qarshi kurashishning samaradorligi;
hokimiyat institutlarining shaffofligi.
6. Ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq so‘rovlar natijalari hamda statistik ma’lumotlar baholash mezonlari va huquq ustuvorligining ta’minlanganlik holatiga oid ma’lumotlarni shakllantirish manbalari hisoblanadi.
7. So‘rovlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan, shuningdek autsorsing asosida jalb qilingan tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladi.
8. So‘rovlar respondent-aholi va respondent-ekspert o‘rtasida o‘tkaziladi.
9. So‘rovlar o‘tgan hisobot yili uchun joriy yil 1-martga qadar “Huquq ustuvorligi” avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — Tizim) o‘tkaziladi va uning ma’lumotlari avtomatik tarzda umumlashtiriladi.
10. So‘rovda javoblar uchun beriladigan ball savolnomada nazarda tutilgan har bir savoldagi javob variantlarining soniga mutanosib ravishda 0 balldan 100 ballgacha bo‘lgan oraliqda belgilanadi.
11. So‘rov asosida shakllantiriladigan baholash mezonlari quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Mq = ((Qj / Rj) + ... + (Qjn / Rjn)) / Sn
bunda:
Mq — baholash mezoni uchun berilgan o‘rtacha ball;
Qj — birinchi savol bo‘yicha berilgan jami ballar yig‘indisi;
Rj — birinchi savolga javob bergan jami respondentlar soni;
Qjn — har bir savol bo‘yicha jami ballar yig‘indisi;
Rjn — har bir savolga javob bergan jami respondentlar soni;
Sn — so‘rovda berilgan jami savollar soni.
12. Mazkur Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan mas’ul idora va tashkilotlar o‘tgan hisobot yili uchun tegishli statistik ma’lumotlarni Tizimga joriy yil 1-fevralga qadar kiritib borishi va ma’lumotlar ularning birinchi rahbarlari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi shart.
13. Ushbu Nizomga 2-ilova 1.1, 1.2, 1.3, 2.1-bandlarining statistik ko‘rsatkichlarga asoslangan baholash mezonlari, 2.2-bandining 2.2.1.b, 2.2.3.b, 2.2.4.b, 2.2.5.b-baholash mezonlari, 2.3, 2.4, 2.6, 3.2-bandlarining statistik ko‘rsatkichlarga asoslangan baholash mezonlari, 3.3-bandining 3.3.2.a, 3.3.2.b, 3.3.2.v, 3.3.2.g, 3.3.3.b-baholash mezonlari, 3.4, 3.5, 3.6, 4.1-bandlarining statistik ko‘rsatkichlarga asoslangan baholash mezonlari, 4.3-bandining 4.3.1.b, 4.3.2.a, 4.3.2.b-baholash mezonlari, 4.4-bandining statistik ko‘rsatkichlarga asoslangan baholash mezonlari, 5.1-bandining 5.1.1.a-baholash mezoni, 5.2, 5.3, 6.1, 6.2, 6.3, 6.4, 6.5, 7.2-bandlarining statistik ko‘rsatkichlarga asoslangan baholash mezonlari, 7.3-bandining 7.3.1.b-baholash mezoni, 7.4-bandining 7.4.1.a, 7.4.2.b-baholash mezonlari quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Ms = 100-(((Kh – Kmin) / (Kmax – Kmin)) × (100 – 10))
bunda:
Ms — salbiy mezon miqdori;
Kh — baholanayotgan tegishli hududning mezon ko‘rsatkichi;
Kmin — salbiy mezonlar uchun belgilangan eng minimal ko‘rsatkich “nol”*;
Kmax — baholanayotgan mezon bo‘yicha barcha hududlar orasida eng yuqori son miqdoriga ega bo‘lgan hududning ko‘rsatkichi.
* Ushbu Nizomga 2-ilova 3.2-bandining statistik ko‘rsatkichlarga asoslangan baholash mezonlari uchun Kmin — baholanayotgan mezon bo‘yicha respublika bo‘yicha oxirgi besh yillik o‘rtacha ko‘rsatkichning son miqdoriga teng bo‘ladi, 3.3-bandining 3.3.2.v, 3.3.3.b-baholash mezonlari, 4.3-bandining 4.3.1.b-baholash mezoni uchun Kmin — baholanayotgan mezon bo‘yicha barcha hududlar orasida eng past son miqdoriga ega bo‘lgan hududning ko‘rsatkichi tushuniladi.
14. Ushbu Nizomga 2-ilova 2.2-bandining 2.2.2.b-baholash mezoni, 2.5, 3.1-bandlarining statistik ko‘rsatkichlarga asoslangan baholash mezonlari, 3.3-bandining 3.3.3.a-baholash mezoni, 4.2-bandining statistik ko‘rsatkichlarga asoslangan baholash mezonlari, 4.3-bandining 4.3.1.v, 4.3.2.v-baholash mezonlari, 5.1-bandining 5.1.2.a-baholash mezoni, 5.4-bandining 5.4.1.b, 5.4.2.a, 5.4.2.b, 5.4.2.v, 5.4.2.g, 5.4.2.d, 5.4.2.e, 5.4.2.yo-baholash mezonlari, 7.1-bandining 7.1.2.b, 7.1.3.b-baholash mezonlari, 7.3-bandning 7.3.2.b, 7.3.3.b-baholash mezonlari, 7.4-bandining 7.4.3.a-baholash mezoni quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Mi = (((Kh – Kmin) / (Kmax – Kmin)) × (100 – 10)) + 10
bunda:
Mi — ijobiy mezon miqdori;
Kh — baholanayotgan tegishli hududning mezon ko‘rsatkichi;
Kmin — baholanayotgan mezon bo‘yicha barcha hududlar orasida eng past son miqdoriga ega bo‘lgan hududning ko‘rsatkichi**;
Kmax — baholanayotgan mezon bo‘yicha barcha hududlar orasida eng yuqori son miqdoriga ega bo‘lgan hududning ko‘rsatkichi***.
**Ushbu Nizomga 2-ilova 4.3-bandining 4.3.1.v, 4.3.2.v-baholash mezonlari bo‘yicha ko‘rsatkichi salbiy bo‘lgan hududlarda Kmin “nol”ga teng bo‘ladi.
***2021-yil yakunlaridan boshlab hududlarning ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar bundan oldingi yildagi har bir mezon uchun aniqlangan Kmax dan kelib chiqib hisoblanadi. 2023-yil yakunlaridan boshlab, keyingi yil uchun Kmax bundan oldingi uch yildagi Kmax ning o‘rtacha miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.
15. Ushbu Nizomga 2-ilova 5.1-bandining 5.1.3.a-baholash mezoni, 5.4-bandining 5.4.2.j-baholash mezoni, 7.1-bandining 7.1.1.b, 7.1.4.b-baholash mezonlari quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Mf = (Kh / Kmax) × 100
bunda:
Mf — foizda hisoblanadigan mezon miqdori;
Kh — baholanayotgan tegishli hududning mezon ko‘rsatkichi;
Kmax — baholanayotgan mezon bo‘yicha qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar soni.
16. So‘rov va statistik ma’lumotlar asosida baholanadigan mezonlar quyidagi tartibda yagona son miqdoriga keltiriladi:
M = (Mq + Ms + Mi + Mf) / Rn
bunda:
M — baholanayotgan mezon miqdori;
Rn — baholanayotgan manbalar soni.
17. Baholanayotgan mezonlar miqdori aniqlangandan so‘ng, subindikatorlar quyidagicha hisoblanadi:
Is = (M1 + M2 + … + Mn) / n
bunda:
Is — subindikator balli;
M1, M2, Mn — subindikatorni baholash mezonlari miqdori;
n — subindikatorni baholashdagi jami mezonlari soni.
18. Tizimga kiritilgan ma’lumotlar umumlashtirilgan holda o‘tgan hisobot yili uchun Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi har yili 1-mayga qadar tuziladi.